- adminmax
- 11/06/2024
- No comment
Bizning jamoa bemorlarni nafaqat zamonaviy dori vositalari bilan, balki tabiiy dori vositalar yordamida ham davolashadi va kasallikka bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi.
Eng so‘nggi turdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan, yuqori sifat va malakali xizmat qulay narxlarda ko‘rsatiladi.
Klinikamizda kardioxirurgik jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun yuqori texnologik uskunalar va chet el tajribasiga ega mutaxassislar mavjud.
Yurak, bosh miya va boshqa a’zolarda endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari amngiografik - Innova IGS6 qurilmasi yordamida bajariladi.
Klinikamizda neyroxirurgik kasallarni davolashda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan neyro intervetsionist neyroendoxirurglar o‘z faoliyatini olib boradi.
Hurmatli tashrif buyuruvchilar:
Men sizga Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining butun jamoasi nomidan murojaat qilmoqchiman. Bizga ishonch bildirib tanlaganingizdan faxrlanamiz va sizga doimo sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga intilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki , sizning farovonligingiz va sog‘lig‘ingiz bizning ustuvor vazifamizdir.
Biz sizga eng zamonaviy uskunalar yordamida professional shifokorlarimiz bilan birgalikda salomatligingiz yo‘lida kurashamiz.
Buxoro davlat tibbiyot instituti takomillashtirish va rivojlanishga intiladi. Fikr va takliflaringizni diqqat bilan tinglaymiz va ular bizga xizmatlarimizni yaxshilashga yordam beradi
Xar qanday savol, taklif yoki murojaatingiz uchun biz bilan bog‘laning. Sizning fikr mulohazalaringiz biz uchun juda muhim. Biz siz bilan ishlashga tayyormiz va tibbiy ehtiyojlaringizni to‘liq qondirishga intilamiz.
Klinikamiz asosiy qadriyati bu - bemorlarning biz ko'rsatayotgan xizmatlardan rozi holda bizga ko'rsatayotgan ishonchlaridir!
Zamonaviy MRI skaneri tufayli bemorlarimiz tez va aniq tashxis qo‘yishadi, bu esa eng qisqa vaqt ichida davolashni boshlash imkonini beradi. Ishonchimiz komilki, ushbu yuqori texnologiyali uskunadan foydalanish sog‘liqni saqlash xizmatlarimiz samaradorligini oshirish va davolash natijalarini yaxshilashga yordam beradi.